Новое порно всегда на твоём телефоне или планшете. Горы бесплатных новинок порадуют самого искушенного пользователя
book
MUHABBAT JILG`ALARI: Qirmizi OLMA
JASUR: - Yolg`iz farzanda bo`lsang, yoshing 18 dan oshdimi, bo`ldi! Orzu havasini ko`rayin deb, uydagilar uylab qo`yish payiga tushub qolishadi. Yoshim 20 da ikki yildan buyun onam: Hoy Jasur yoqtirganing bo`lsa ayt ammang bilan borib kelayin. Bo`lmasam o`zim topayin, deya uyg`otadilar erta tongdan. - Shoshmang ona biroz! -deyman. - Bay-bay-bay, o`zbegimning qizlari shunday go`zallarki, daraxtdagi qirmizi olma misoli. Hammasi bir-biridan chiroyli bir-biridan go`zal. Qaysi birini uzushni bilmaysan! -deb hazillashib kuladilar dadam, - Ha, o`g`lim dimiz chiqmaydi? - Qurtlagani uchramasin deb yaxshilab izlayabmanda dada! -deyman bo`sh kelgim kelmay. Indinga kechga shahrchada bayram, sanatkorlar kelarmish. Hammayoqda hiyobon, park, kansert zallarida, stadionda bayramga tayorgarliklar ko`rilmoqda. Tong sahardan turib olib, qanday sitilda kiyinish haqida o`ylab qoldim... Ha, bir ikkita og`aynilarim bilan, bir aylanayinchi! Balki dadam aytganidek ko`ngilga yoqqan qirmizi olmamni uchratarman. O`ylab zavqim oshdi. Kecha bozordan olib kelgan kiymlarimni oldim. Shimimni kiyib oynaga qaradim. Huddi o`zimga tikilgan! Kelishgan bolamanda o`ziyam. Oynaga qarab, mashiqlarim natijasidan quvondim. Mushaklarim ancha ishib qolibdi... - Munisa hola! -davroza tomondan ovoz keldi. - Hola... Qo`shnim Zarina sabzavotlar po`chog`ini ko`tarib chiqibdi. - Huu. Zarina kelaver qizim! -deb onam uydan chiqdilar. - Assalom alaykum... Hola manashuni qo`ylarizga olib chiqqandim. Idishini bo`shatib bering! Qo`lidagi plasmasa chelakni onamga berdi. Uyni orqa tomonida ikkitagina qo`y uchun joyimiz bor. Dadam o`g`limi to`yiga deb ikkita qo`chqor bog`lab qo`yishgan. Har kuni mahalladagi qo`shnilar yeg`ilib qolgan, kartoshka, piyoz, qovun-tarvuzni po`chog`ini biznikiga olib chiqib berishadi. Onam Zarinani qo`lidan olib, qo`chqorlarni ohiriga solib qo`ygani ketdilar. Zarina biroz turgach, men tomonga qaradi va derazadan meni ko`rib qo`lini ko`tardi. - Qalaysiz! Sizlab qolibdi, demak kayfiyati yaxshi! Bir g`ashiga tegaychi! Unga Bodibilding sportchilariday mushaklarimni ko`z-ko`zladim. - Qalay zo`rmanmi jonidan? -dedim doyimgidek g`ashiga tegib. Kuldida, derazaga yaqin kelib. - Hali homsan, kashaho`r! -dedi burnini jiyirib. - Hoy senlama, chayooon... -dedim mushtimni ko`rsatib. - Kima chayon, hozir ko`rasan, -dedida shosha-pisha oyg`idagi shippagini ostonaga yechib xonamga kirdi. Chayon degan laqabi bor, kimdur chayon desa qoni qaynab ketadi. Xecham kutmagandim, shart yelkadan oshirib ``gurrrs!`` etib polga yeqitdi. Uuuummm labimni tishladim. ``Bundan battar sharmandalik bo`lmasa kerak Jasur!!!`` dedim ichimda o`zimga achinib. Yaxshiyamki yonimda o`rtog`larim yo`q, bo`lmasa bir umir masxara qilishardi. Bu chayon qiz mendan ikki yosh kichik, ko`p yillar kurash bilan shug`ullangan. Men qaydan bilibman bu jinnini honamgacha bostirib kirishini. Bir qarasam pastda yotibman. Ustimda Zarina tizzasini qornimga tirab yelkamdan boshib turib. - Kim chayon... -deb yelkamdan niqtadi, - Jaska-maska! Avvallari yaqindan yuziga qaramagan ekanman. Chiroylikkina qiz, ammo og`il boladanam battar bezori, tili zahar qiz. O`zimni atay yeqilib berganday ko`rsatdim. Yuz-ko`zlariga razim soldim, qosh-ko`zlariga surma suribdi, lablari ham qizargan... - Ooo` Zari senam bo`yanasanmi? -dedim. Duv etib yuzi qizarib, o`rnidan turmoqchi bo`ldi. Shartta bilagidan tutdim, - Bitta o`tay... - Eee o`lgur... -dedi tirsagi bilan ko`kragimga bir solib, - Yana birmarta shunqa gap qisen, kallangni uzvolaman... Qovog`larini uyib, pupisa qildi. Doyim jahli chiqsa burnini ajoyib tarzda tortib, qo`yadi. Qovog` uyushlari ham o`zgacha o`ziga yarashadi. Balki shunchun jahlini chiqargim kelaverar. Agar dadam aytganday qizlarni olmaga o`xshatsak! To`chni Zarina achchiq olma bo`lardi... - Tur yo`qol uyatsiz. Yigit kishini xonasiga ham kirib kelaverasanmi? - Yigit... - burni tortib qo`yarkan, ustimdan kulib, - Sen hali bolasan... -dedi. So`ng xonamdan chiqib ketmasdan telvizirni qo`yib yoniga o`tirib oldi. Deyarli bolaligidan biznikida katta bo`lgan desam bo`laveradi. Yoshlik paytlarda, onasi rahmatli betob bo`lganda biznikida yotibham qolardi. Shuni uchun indadim. Egnimga futbolkamni kiydim. Oynaga qarab, sochimni tarayotgan paytim onam keldilar. - Zarina qizim... - Shettaman hola... -dedi birdan balan ovozda. - Shang`illamey o`l. Katta holangni uyimi baralla baqirasan? Jahlim chiqib dakki berdim. - O`chir... -dedi telvizirdan ko`z olmay. Onam ham honamga kirib keldilar. - Qizim chelagingni yuvib qo`ydim... - Ho`p... - Akangni yoniga kirvobsanda? -dedilar onam. - Bunaqa singildan hudo asrasin onam... Onam borliklarigami indamadi. Odatda doyim ohirgi gapni u aytardi. Indamagan bo`lsada, namoyishkorona labini qishaytirib, bir o`qrayib qarab qo`ydi va telvizir ustidagi, paketchadagi bir hovuch pistani olib kirsillatib chaqa boshladi. - Tishinga o`q teksin... -dedim oyna orqali uni kuzatar ekanman. - Nega unaqa deysan ahmoq! -onam dakki berdilar, - Chaqaver qizim osh bo`lsin... Birdan oyim hayratdan baqirvordilar: - Vooy sho`rim, shimingni tizzasiga nima bo`ldi? -dedilar ikki yuzlarini kaftlari orasiga olib, tizzamdagi yirtiqqa ko`z tikib, - Nega yirtiq bu? - Onaaamm moda-bu moda... - Eeeee modenga o`t tushsin! Yech yo`qot, tashlavor ahlatga... - Hazillashyabsizmi, ahir bu palon ming turadi-yaa!.. Onam lablarini tishlagancha, hali ham ko`zlariga ishonmay boshlarini sarak-sarak qildilar. - Seni aldabdi sotuvchi birovni eskisini sotibdi! - Onaaa, eeey sizga tushuntirguncha bir qop jon kerak... Ana shaharga tushung hamma yoshlar, hatto qizlar ham tizzasi yirtiq shim kiyib yuribdi!.. - Zarinaga qaradim, - Zarina sen ayt... - Hola o`ziz o`ylang! Bozorda kim ham manabunaqa oqarib, tizzalari chirib ketgan shim soatadi? Buniz laqma, bozorchi aldan o`zini eski uychiga kiyadigan shimini sotgan! - achingandek boshina sarak-sarak qilarkan, - Eee o`l laqma! -dedi. Boygi ishim javobsiz qolmasligini sezgandim. Lekin chayon sovutmasdan alamini oldi... - Voooy ona bu aldayabdi. Ahir Zarinaeyz jinniku!.. - ko`rsatkich barmog`imni chakkamga parma qildim, - Hali shoshmay tur... Hali shimdagi yirtiq moda ekanligini tushuntirib ulgurmay, onam sochimga hamla qildilar. - Vooy o`lmasam, necha soching, popishaynikiday tik turgan? Taroqni ochib, tarmaklab olgan sochimni, buzib qaytadan o`zlari tarab qo`yishga taradudlandilar. Zarina esa qiqirlab kulvordi. - To`k urgandurda! Onam esa qo`yarga-qo`ymay, o`ngdan parqi ochib, silliq taray boshladilar. - Hola bitta do`ppiyab kiyg`azib qo`ying! -dedi ustimdan kulib qiqirlab. - Ovozingni o`chir... -dedim tutaqib. - Ha to`g`ri aytyabdi. Do`ppi yigitni ko`rki! - Onam rostini aytsam, ovora bo`lmang. Sochimni o`zim istaganday turmaklab olaman. Hozir hechkim do`ppi kiymaydi. Do`ppi kiyib ko`chaga chiqsam, hamma ``Tinchlimi!`` deydi... - Aldayabdi hola, hozirgi bollar hammasi do`ppi kiyib yuribdi... Zarina yana onamni aldab, ustimdan kulib jig`imga tega boshladi. - Hee daf bo`lgin. Vapshem yo`qolib qol... - Bo`pti uyini yelkami chuquri ko`rsin... -telvizirni o`chirdiyu, pultini yotog`im ustiga uloqtirdi, - Bo`ptim hola, men kirayin, choy tayinlashim keray! - Yo`g`eee... Onam yelkamga bir shapati urdilar. - Mayli qizim chiqqin yana... Zarina honamdan chiqib ketdi. Ko`zgudagi o`z aksimga qaradim. So`ng chelagini ko`tarib darvozadan chiqib ketayotkan, Zarina ortidan tikilarkanman hafa qilganimdan afsuslandim. Sochimni ozroq kaltalatishim kerak ekan. Zarinaga yalinishimni o`ylab turgandim. Onam yelkamdan bir chimchiladilar. - Ha nima? - Namuncha shu qizni jig`iga tegavermasang? - Kim, kimni jig`iga tegyabdi? Uni o`ziku! - Hazillashyabdi, bilib turibman. Ha yaxshiku, seni o`z akasidek ko`rib, haddi sig`adida! Sen esa uni hafa qilib jo`natding... - Hecham hafa bo`maydi. Mana ko`rasiz ertaga yana xechnima bo`lmagandek chqaveradi! Zarina avvallari hecham ko`ylak, lozim kiyib yurmasdi, nuqul o`g`ilbolaga o`xshab kiyim kiyardi. Yaqin-yaqindan beri, kiyinishida, yurish turishida o`zgarish bo`lib qolgandi. - Ona Zarina kimnidur sevib qolganga o`xshidi, qarang o`zgarib qolgan, bugun qosh ko`zini bo`yab olibdi... -dedim kulgum qistab. - Bo`yi yetdi... Tabiy holat! - erkalab yelkamni siladilar, - Balki seni yaxshi ko`rib qolgandur? - Eee yo`g`eee... Mazamni qochirmang, onam... - Nima qipti Zarina yaxshi qiz... Kelinim bo`lsa yo`q demasdim... -onam jilmaydilarda eshik tomon yurdilar, - Nonushtaga chiq... Onam chiqib ketganlaridan so`ng o`yga toldim. Zarina qizbola sifatida chiroyli qiz, hudo chiroydan qismagan. Ammo... Tili zahar-da!.. Yoshlik paytlarimni eslasam etim uvushib ketadi. Onasi, onamni dugonasi edi. Dadasi, dadamga ulfat. Buni ustiga qo`shnimiz. Uni dastidan menga, nafaqat menga mahallani boshqa bolalariga ham kun yo`q edi. Qizlar bilan o`ynamasdi, o`g`ilbollarga qo`shilib olardi. Bordiyu kimdur haydasa, bormi o`sha bolani urib yig`latmaguncha o`z holiga qo`ymasdi. Ayab o`tirmasdi, qo`liga nima tushsa solardi. O`zimni ham qoshimda shiram estalik bo`lib qolgan. O`tirib shunaqa bajjahil Zarinani juftim o`rnida tasovur qilib ko`rdim. Negadur ko`z-o`ngimdan, faqa janjal lavhalari tasvirlanaverdi... Bo`lishi mumkun emas, bizdan er-xotin chiqmaydi. Nonushtaga chiqsam, onam va dadam ham shu masalada suhbat qurib o`ltishgan ekan. - Onaaa, bekorga umidvor bo`meng! Zarina g`irt jinniku! Khee... Bilib bo`ladimi jahli chiqqanda urib qolsa, qayoqqa qochaman? -dedi, mavzuni kulguga olib. Bu safar Zarinani kamsitganim onamga hush yoqmadi. Bir-ikki tergagan bo`ldilar. Zarinani yaxshi fazilatlarini sanab ham o`tdilar. O`ylab qarasam onamning so`zlarida ham jon bor. Zarinani faqat yomon jihatlarini ko`raveribman. Aslida Zarinadagi shaht, g`ayrat uncha-muncha qizda yo`q. Avvaliga o`z, jahlini sportga berdi. Kurashga qatnab yurdi, bir necha medallar ham olgandi. Lekin taqdiru azal degan qismat uni onasidan erta ajratdi. Dadasi Vohob Sartarosh ichkilikka mukkasidan ketdi. Shundan keyin, Zarina kurashni tashladi. Dadasiga ham qiz, ham o`g`il bo`laman deb qo`lidan kelgancha harakat qilmoqda. Qiz bo`lib supir-sidir, qozon-tovoqqa masul. O`g`il o`rnida bo`lib, dadasini sartarashlik hunarini oldi. Kunduzi sartaroshxonada ishlaydi. Dadasi kattalarga qarasa, Zarina yosh bolalarni sochini kaltalab, olib qo`yadi... * * * * * Uydagi bazi yumushlarni bajarib bo`lgach vaqtim borligida sochimni kaltalatib olishga qaror qildim. Ko`chaga chiqsam sartaroshxona berk. Qo`shnini uyini chaqirdim. Zarinani ovozi eshitildi. Ko`ylagini etagini lippasiga qistirib olib, dorga yuvilgan kiyimlarni ilayotgan ekan. Qo`lidagi kiymlar solingan savatni qo`lidan qo`ymay, yuz ko`rsatdi. - Ha... - Dadang qanilar? Birnecha sonyaga uy derazasiga termulib qoldi. Tushundim-ki, kecha ichib kelgan bo`lsa, bugun boshi og`rib yotibdi. - Dadamda nima ishiz bor? - Sochimi kaltalatishim kerak! Zarinani o`ziga aytsam bo`ladi. Ammo ertalab hafa qilganim uchun, hijolat bo`lib turibman. - Hozir manabularni dorga tashab qo`yay, o`zim chiqaman! -dedi. - Tezlatvorgin... -dedimda darvozaga suyanib uni kuzata boshladim. Darov ishini tugatdi. Egnida ko`ylak, lozim. Biroz ko`zimda g`alati ko`rinardi. Lekin yarashgan. Yaqinlashib kelarkan, salomlashib qo`l uzatdi. Qo`lini siqarkanman, negadur qitmirligim tutdi. G`ashiga teygim keldi. Usti boshiga ayyorona bir ko`z tashladim. - Aylanib ketay, biram ko`ylaklaring o`zinga yarashibdi... ``Tuf, tuff!`` ko`z tegmasin... - Hee, Jasur aka jahlimi chiqarmen... Bunaqa gaplarni nozik oyimchalarga aytasiz! - Bo`ldi-bo`ldi tavba qildim! -dedimda qo`llarimni ko`kragimga qovushtirib, diqqat bilan tikildim. Bunchalik tikilib qolganimdan, o`ziyam hijolat torib usti boshiga bir qarab oldi. - Nima biror joyimda qora tegibdimi? - Yo`q... Zarina shu negadur chiroyli bo`p ketibsan! - Aaaa! Eee boring eee! -dedi, uyalib sartaroshxona tomon keta boshladi. Keyin negadur, indamadi. Odatda mushtini ko`rsatardi. - Zarina rostdan aytyabman! -dedim uni ortidan ergashib, - Boshinga rumol o`rab, biroz muloyim bo`lsang bormi! Tamom. Yigitlar oyog`ing ostiga tappa-tappa yeqilardi... Bunaqa gaplarga o`rganmagan qiz. Indamayabdi ammo biroz hayajon bosganidan, sartaroshxona eshigini hecham ocholmasdi. ``Hee o`lgur ochilmayabdi!`` dedi o`zicha shivirlab. - Nari turgunchi... - qo`lidagi kalitni oldim va osongina eshikni ochdim, - Zarina biroz, yengil harakat qilasan bunday ishlarda! U qo`llarini beliga tirab chuqur ``ufff`` tordi. - Biram ko`pgap bo`p ketibsiz Jasur aka! Boshimni og`ritvordiz bilasmi shuni? Kursiga o`tirarkanman, ko`zgu orqali qaradim. - Boshing og`riyabdimi? Yoki hayajonlanib ketdingmi? - Jasur aka! -qo`lidagi qaychini, ochib yopib, o`ynatdi. - Hayjonlanib ketyabman. Bilmay qulog`izni kesvolmay! -dedi kulib hayajonini yashrib. - Bo`lmasa dadamlarni chaqrib qo`yaqolay-aaa? -dedim yolg`ondan salgina o`rnimdan qo`zg`alib. - O`ltiring joyizda! -yelkamdan usladi. - Ho`sh qanday kaltalay? -dedi sochimni barmoqlari bilan o`ynarkan. - Avvalgidek... Faqat bakentimni buroz ingichkaroq va uzunroq qoldir... - Ho`p bo`ladi... Devorga ilib qo`yilgan radioning qolog`ini burab qo`ydi. O`zi esa qo`liga taroq, qaychini olib sochimni kaltalay boshladi. O`zicha past ovozda radiodagi qo`shiqqa jo`r bo`lardi. Jimgina kuzgu orqali uning harakatlarini kuzatardim... Birdan qo`ng`iroqday ovoz diqqatimizni buzdi. Yo`ldan o`tayotgan notanish qiz Zarinani ismini aytdi. U tomonga yuzimni burdim... Eee voh dadam aytganidek qizmizi olmaku! Qiz sartaroshxona derazasi yoniga keldi. - Zarina yaxshimisiz? - Ozoda qalisiz? -dedi Zarina ishini to`xtatmay. Qiz Zarinani harakatlarini qiziqish bilan tuzatarkan. Huddi meni payqamaganday so`zida davom etdi. - Bugun chiqasizmi? - Vaqtimga qarayman! -dedi Zarina qisqagina qilib. Qiz yana bir nima deyishga og`iz juflagandi. Nigohi menga tushdi. Bitta ko`z qisdim. Birdan gapini yo`qotib, o`ng`aysiz holatga tushdi. - Yaxshimisiz? -dedim. - Yaxshi... -dedi bir menga bir, Zarinaga ko`z tashlarkan, asta ortiga yurdi. - Haliroq ching... -dedi yengilgina bosh qimirlatish bilan hayrlashib. Zarina boshimni ushlab ko`zgu tomon tog`irladi. Qiz tomonga qarashimga yo`l qo`yman. - Ho`p, mayli Ozoda... Qiz ketarkan, nigohlarim uni ordidan yo`naldi. Zarina esa bu gal biroz keskinroq harakat bilan boshimni ko`zgu tomon burdi. So`ng esa boyagidek qo`shiq hirgoya qilib ishini davom ettirdi. Meni butun hayolim o`sha Ozoda isimli sohibjamol qizda ketdi. Bir narsa qiziq Zarina odatda oddiy qizlar bilan dugona bo`lmasdi, qizlar bilan uncha munchaga chiqishavermasdi. Olifta, tannoz qizlarniku, umuman jini suymasdi. Dugonalari ham bor, faqat ular ham bir paytlar birga mushg`ulotlarda qatnashgan kurashchi qizlar... Biroz Zarinani og`zini poyladim, miq etmasdi. Asta o`zim gap qotdim. - Zarina sanam qizlar bilan dugona bo`lasanmi? - Hmm... -dedi jilmayib. - Boyagi qiz kim? - Kim? - O`zing bilib turibsan-ku! - Ozodami? - Him! Zarina gapirishga shoshmadi. Qo`liga ustarani olib, sochimni so`ngi ishlovini qila boshladi. - Ana bo`ldi, Jasur aka! -qo`llari bilan sochimni u yer-bu yerini tog`irladi, - Qalay? - Zo`r... Qo`llaring dar ko`rmasin. Umring uzoq bo`lsin. Dadanglarni baxtida doyim sog` bo`lgin... -boyagi savolimga javob o`lish uchun atayin maqtovlar yo`llay boshladi. - Boringga shukur... Qancha bo`ladi? Cho`ntak kovladim. - Bugun sizga tekin... -dedi maqtovlardan erib ketib. - Yo`g`eee! Qo`l haqqini to`lamasa bo`maydi... -doyimgi narhda pulni uzatdim, - Zarina boyagi qiz kim? - Himmmm! Uuummmi... Ko`cha boshidagi do`konda ishlida. Joyron kenayini singlisi... Jayron kenayi yaqinda ko`payishgan edi. Shunga bir necha kundan beri do`konga singlisi Ozoda qarab turibdi. Tunov kun do`konda gaplashib qolgandik... - Turmushga chiqmaganmi? - Yo`q hali chiqishga ulgurmabdilar! -birdan qo`limdagi pulni yulib oldi, - Malumot tekin turmaydi, akajon... -dedi biroz zardali ohangda. - Tanishtirib qo`yolmaysanmi? - Meni kimdeb o`ylayabsiz Jasur aka?! Asta yo`lini to`stdim. Muloyim ohangda avray boshladim. Anig`rog`i yalina... - Zarinaxon, singiljonim! Agar tanishtirib qo`ysang, boshqa hech qachon g`ashinga tegmasdim! Yo`q dema endi bir singillik qilvorgin... Ko`zlarimni birozgina qisib yuzimni bechora qilib tikildim. Biroz o`ylanib qoldi. Men esa ko`zlariga qadab turaverdim. - Bo`pti ertga... - Bugun... Yo`q dema Zari ertaga ishga boraman-da!.. - Ho`p tushlikdan keyin chaqiraman... Zarinani yaxshi bilaman. Bazi o`g`il bolada yo`q yaxshi odati bor, vada berdimi albatta bajaradi. Ko`ngil hotirjam uyga kirdim. Yuvinib taranib oldim. Bu orada onam tushlikka taqirdilar. Tushlikni yeb bo`lishimizga, darvozaxonada Zarinani ovozi keldi: - Jasur aka... - Ha... - Bir daqiqaga qaravoring... Dasturxonga duo o`qishdi. Onam savolus nigoh tashlab qo`ydilar. Javob tariqasida: - Do`kondan biror narsa kerakmasmi? -dedim. - Shakar tugagandi... - Hozir opkelaman... -deb ayvondan sakrab tushdimda ko`chaga otlandim. Eshik yonida Zarina kutib turardi. - Kettdik? -dedim. - Yo`q avval siz dadamga xovlidagi so`rini surishib yuboring! -dedi. - Obbooo... O`zini ham bir dunyo kuching bor, shundaq o`zing surishib yubormadingmi? Ensasi qotib labini qiyshaytirib miyg`ida kuldi. - Rosti ko`ylagimni kir qilgim kelmadi! -ko`ylagini etagini ohista hilpiratar ekan, ayyorona tabassum qildi, - Siz hozir menga ``Yo`q!`` deyaolasizmi? - Haaa, yo`q deyolmayman! Yomon ichingdan pishgansanda Zarina lekin! - Ko`p gapirmay uyga kiraqoling dadam kutib qoldilar... -dedi uyiga ishora qilib. - Senchi? - Men Ozodani yonida bo`laman... - Mayli Zarina menham darov ortingdan yetib boraman... Ha faqat unga men maqtab qo`ygim ho`pmi singlim? Zarina do`kon tomon, men esa Zarinani dadasiga yordamlashgani ketdik. So`rini surdik, ammo tezda chiqib ketolmadim. Gaplashib o`tirdik, dab durisdan turib ketgani hijolat bo`ldim. Vohob akani esa hech gapi tugamasdi. Yaxshiyam sartaroshxonaga odam kelib qoldi. Shu boxona turdim-u, Ozoda va Zarina tomon oshiqdim. Do`konga kirsam chaq-chaqlashib o`tirishgan ekan. Zarina aktiyorlik mahoratini ishga solib, tasodufday meni qarshi oldi. Salom alikdan so`ng, Ozodagga ``Jasur akamlar`` deb tanishtirdi. Ozoda bilan esa tezda til topishdik. Ochiq ko`ngil, kirishimlik qiz ekan. Zarina, bizni tez chiqishib ketganimizni fahimlab yolg`iz qoldirib chiqib ketdi... Hullas mijozlarni kirib, chiqishiga qaramay yaqin bir soat Ozodani yonida bo`ldim. Ilk tassurotlarim kutganimdan ham a`lo darajada edi. Birinchi urinishdayoq telifon raqamini oldim... Shu tariqa Zarina sabab Ozoda ikkimizning muhabbat qasrimizni poydevoriga tamal toshi qo`yildi. Ertalab ishga ketayotib, kechqurin ishdan qaytayotib do`koniga kirib o`tishni o`zimga odat qildim. Yana uyda nima kam bo`lsa darov do`konga chopordim. Qancha ko`p bo`lsa shuncha Ozodani yonida bo`lgim kelardi. Uning husni, malohatiga shaydo edim. Tunda esa telifonda suhbat qurardik... Sevgidan sarmast, odamdan ikki oy o`tib ketganini ham sezmabman. Dam olish kuni edi. Yugur, yugur ishlarni tugatib, uyga qaytasam onam sandiq ochib o`tirgan ekanlar. - Hormang onam nimalar qilyabsiz? - Seni to`ying uchun... -onam sandiqdagi narsalarga ishora qildilar, - Qaragina o`g`lim hammasi tayyor... Qani endi to`yingni boshlab yuborsam! - Onajon oz qoldi. Yana biroz kuting ho`p? -dedimda xonam tomon yurdim. - Shoshma!.. -dedilar allaqanday tugunchani ocharkanlar. Tuguncha ichidan bir rummolchaga tugulgan narsani oldilar. Ichida bir juft sirg`a va uzuk bor ekan. - Tunov kungi yig`ilishni puliga oldim. Qarginchi chiroylimi? Asta qo`limga oldim, naqadan chiroyli zargarlik ishi. - Betakror onajon didingizga tasanno! - Bo`lg`usi kelinim uchunda! -onam ajib entikish bilan, oftob misol mehir sochib chayqaldilar, - Kelinim uchun! Onamning so`zlaridan to`lqinlanib ketdim. - Onajon shu uzukni menga bering iltimos... - Nega? -dedilar hayron bo`lib. - Aytdingiz-ku o`zingiz, kelinim uchun deb! -dedim suyganim borligiga shama qilib. - Nima rosdanmi? Onamning chehralari yanada yorishib ketdi. - Ha... - Voy bolajonim! Kim o`zi u? - Yaqinda bilib olasiz! Onam jon deb uzukni menga berdilar. Bo`lajak yorim uchun atalgan uzikni qo`limda o`ynagancha xonamga kirdim. Qutichasini ochib uzukka termulgancha, o`rnimga yotib olib, Ozoda haqida o`y surdim. Qanday yoqimli hislar, Ozodani o`ylaganim sayin, hayajon bosib yuragim allanechuk dupurlardi. ``Ertagayoq Ozodani qo`lini so`rayman! Nega endi ertaga bugunoq!`` Tezda Ozodaga qo`ng`iroq qildim. Kechaga hiyobonga sayirga taklif qildim. Yo`q demadi... Astoydil, hafsala bilan kechki uchrashuvga taraddutlandim. O`ylaganim sayin, quvonchim o`zimga sig`masdi. Ozodaga yoqishimni bilganim uchun, uylanish taklifimni rat etmasligini his qilardim. U huddi mening ko`nglimdagi qiz. Ozodani uchratishimga sababchi Zarinadan ham cheksiz minnador edim... Nihoyat men intiq kutgan kech ham tushdi. Ozoda bilan aytilgan joyda uchrashdik. Avval hiyobon yo`laklarida yolg`iz aylandik, muzqaymoq yedik, qayiqqa tushdik. Biroz havaskorlar qo`yayotgan tomoshani ko`rdik. So`ng yana aylandik. Ozoda tez-tez telifoniga qarab qo`yardi. - Tinchlikmi Ozoda? - Jasur aka pochcham va opam bir soatga ruhsat berishdi! -dedi ketishi kerakligiga shamma qilib. ``Dedmak men kutgan vaqt bo`ldi!`` - Mayli qaytaqolaylik! -cho`ntagimdagi uzuk qutichasini qo`limga olib, kaftim ortiga berkitdim. - Ozoda yana qancha vaqt pochchayznikida qolasiz? - Yaqinda ketaman. Opam ham quvvatini ancha tiklab oldi! -dedi afsus bilan yengil hursunarkan. - Ozoda bir umur shu opayzni mahallasida qoling! - yo`lini to`stida uzukni barmog`iga taqdim. - Menga turmushga chiqing... Hayajondan o`zini yo`qotib qo`ydi. Ko`zlari porlab ketdi. Yuzidagi tabassumi roziligidan darak berib turardi. Bir necha sonya gapirorolmay turib qoldi. Ko`zlarini bir menga bir barmog`idagi uzukka qaratardi. Lekin... Lekin negadur labidagi tabassum g`oyib bo`ldi. So`ng ko`zlarini olib qochdi. Istehzo aralash kulgan ham bo`ldi. - Jasur aka bilasizmi Zarina menga nima dedi? - huddi latifa aytishga taraddutlanganday kulimsiradi, - Siz haqizda nima dedi eshiting... Bir yelkayz qiyshiq, oyg`ingizdan badbo`y hid taralarkan, bir ko`ziz ham g`ilay ekan! -dedi qiqirlab kulib, - Yana o`lgiday hotinboz ekansiz, men esa siz uchun 30, 40 chisi ekanman! - Voo hazilkash-eee! Shunday qo`shning bo`lsa, dushmanni keragi ham yo`q! -dedim. Ozoda bu gaplarga ishonmaganini tushunib. Hech kutmagandim, Ozoda barmog`idagi uzukni chiqardida qo`limga tutqazdi. - Kechring Jasur aka buni qabul qilolmayman! - Nega ahir? - Kechring... -dedi ko`zida miltiragan yoshini artib, - Kechring... Kuzatib qo`yishiz shartmas! Ozoda yugurgancha ketib qoldi. Bir necha sonya nima bo`lganini tushunmay qoldim. Qanday xato qilganimni bilmasdim. Uyga yolg`iz qaytarkanman, hayolimni birgina savol bant etgandi! ``Nega?`` Shoshildim deb o`ylamayman. Ahir hammasi o`lganimday ketayotgandi! O`ylashimcha rat javob berishiga unda ham hech qanday asos yo`q edi! Yarim tungacha o`yimga javob topolmay to`lg`onib yotdim. So`ng Ozodaga qo`ngiroq qilishga, sababini o`zidan so`rashga qaror qildim. Yarim tun bo`lishiga qaramay unga telifon qildim. U ham mendek bedor ekan, telifonini darov ko`tardi. Bir necha soyalar skunat ichira bir-birimizdan sado kutdik. - Ozoda... -u tomondan javob qaytmadi. - Ozoda oramizda qancha gaplar o`tdi. Jonim men chindan sizni sevaman! - Men ham... -dedi ham past ovozda. - Unda nima muammo?! Nahot Zarinani haziliga ishondiz? - Yo`q-yo`q! - dedi g`amginligini kulgusi ortiga yashirib. - Ozoda seni tushuna olmayabman! - Qanchalar ojizsiz Jasur aka!... - biroz jim bo`lib qoldi, - Nahotki Zarina sizni yaxshi ko`rishini tushunmagan bo`lsanggiz? - Yo`qee, bo`lishi mumkun emas! Bizni munosabatimiz do`stona Zarina bilan... U yaxshi qiz ammo... Ozoda bizni notog`ri tushungansiz! Men seni yaxshi ko`raman Ozoda... - U sizni yaxshi ko`radi... -Ozoda ochiqchasiga rat eta boshladi. - Men birinchi bo`lib, siz haqizda unga aytdim... Yoqadilar dedim... U esa sizni yomonlay ketdi... - To`xta-to`xta, Zarina o`zi doyim meni yomonlaydi. Meni yomon ko`radi, chunchi doyim uni g`ashiga tegaman... -kuldim, - Ozoda Zarina meni yaxshi ko`rolmaydi, bu aniq... - Jasur aka... Siz qizbola emassiz. Qiz qalbini, boshqa qiz bola yaxshi tushunadi... Chunki, u ham ayni shu hisni tuya oladi. Siz esa bunda ojissiz... - Seni, meni qalabimizchi? Bizni tuyg`ularchi? - Bizdan mustahkam oyla chiqmidi... - orada uzoq skunat cho`kdi, - Biz hislarimiz yengiltak holos... Men sizni shirin so`zlarizga uchdim. Tan oling siz ham chiroyimga qiyo boqdiz hols, aslida qanday ekanligimni bilmaysiz-ku? - Sen yaxshi qizsan! -dedim. - Faqat hozir! - u yana o`zda kuch topib miyg`ida kuldi. - Jasur aka ishoning sizlar bir-birlaringga juda mussizlar... Alvidooo! Ozoda telifonni o`chirdi. Uning so`zlari juda o`yga cho`mdirib qo`ydi. Zarina va Ozoda haqida o`y sura boshladim. Ozoda haq uni chiroyiga maftun bo`ldim. U haqida ko`p bilmay sevib qoldim! Negadur ohirgi so`zlaridan keyin, meni rat etganidan uncha tashvish chekmadim. Lekin o`ziga yarasha martligi bor ekan. Yoqtirishini bilsada, Zarinaga yo`l ochib berdi... Zarina... Zarina! ``Nahot meni rostdan sevsa?`` Ozodani oshkor qilgan sirlardan keyin. Qalbimda Zarinaga nisbatan iliqlik payno bo`ldi. Bir vaqtni o`zida ayibdorday qattiq ezilardim. Nozik qalb bo`lsada, necha bor ko`nglini inobatga olmay g`ashiga tekkanman! O`ylab o`ziamdan uyalib ketdim. Zarinani o`g`il bolacha fel-atvorini bilibman-u, qiz bola, qalbi nozik ekanligini unitayozibman. Afsus... * * * * * Zarinaga boshqacha ko`z bilan qarayboshlaganimdan keyin, undan o`zimni oladigan bo`lib qoldim. Qancha o`zimni olib qochsam, shuncha u haqida o`ylaydigan bo`lib qoldim. Hayolimdan sira ketmay qoldi. Yaqiniga borishga esa, yuragim dov bermasdi. Shu tariqa, bir, ikki haftani o`tqazib yubordim. Uzuk esa doyim cho`ntagimda, o`z egasini kutardi... * * * * * Ishdan kech qaytayotgan edim. Vohob aka qiyshayib, sarmast choyxonadan qaytayotgan ekan. Har qalay qo`shnim, qo`ltiqlab uyigacha olib keldim. Eshikdan o`tayotib ovoz berdim. Ichkaridan Zarina chiqdi. - Dadaaa! Yanami? -dedi uyatdan yuzi qizarib, - Ichkariga olibkiraylik! -dedi. Vohob aka yotog`iga olib kirib qo`ydim. So`ng xovliga qaytib chiqdik. Zarina yonimda boshini egib turardi. Dadasini ichkilik harob qilayotganidan qattiq istirobda edi. - Qo`y hafa bo`lma... Dadanglarga ham oson emas! -dedim dalda berib. - Rahmat Jasur aka... -dedi. Asta ko`cha eshik tomon yurdik. Torroq yo`lakdan yurarkanmiz, deyarli yelkalarimiz bir biriga tegardi. Ajib bir his yuragimni churmab oldi. Zarina endi men uchun to`pori, qo`pol qizday emas, aksincha u shunchaki o`zini kuchli qilib ko`rsatishga urunadigan ojiza... Sevgisini yuragiga yashirgan malak... Biz sassiz, yo`lak bo`ylab asta yurib kelardik. U ohista qadam tashlardi. Hayo bilan boshini salgina egib olganida ham o`zgacha joziba bor edi... Eshik oldiga yetganda, havotirdan o`zimni qo`yarga joy topolmay qoldim. Yonimdan ketib qolishini sira istamasdim. ``Balki qo`liga uzuk taqsamchi?`` degan fikir a`qlimni bant edi. - Zarina sochimni kaltalab qo`y... - Jasur aka kech bo`ldiyu, ertaga chiqing ho`p? - Yo`q dema ertaga vaqtim bo`lmaydi! - Soat ham to`qqizdan oshdi... -birdam tikildi, - Ho`p hozir kalitni olib chiqay... Sartaroshxonani men uchun qayta ochdi. Kursiga o`tirarkanman, Zarinani qo`liga qaychi va taroqni olganini ko`rib fikrim o`zgardi. Hozir sochimni kaltalatsam keyin, bosh yuvishim kerak bo`ladi. - To`xta... Sochimni emas, soqolimni olib qo`y, qara ancha o`shib qopti... - O`g`il bola soqolini o`zi olmaydimi? - O`zi oladi... Faqat sendek mehriboni bo`lmasa! -dedim. Bir yutunib oldida. Idishchaga kupik tayorlashga kirishib ketdi. Orada radioni qulog`ini burab qo`yishga ham ulgurdi. Idishchadagi ko`pikni yuzimga ohista surar ekan, qo`llari qaltirayotgani sezdim. Albatta bu hayajondan. Shuni bilganim uchun, cho`ntagimdagi uzukni idishchasini ochib kuzgu yoniga qo`ydim. Zarina harakatdan to`xtab qoldi. Ko`zgi orqali uning yuz ifodasini diqqat bilan kuzatar ekanman jilmayib so`z ochdim. - Chiroylimi? U uzuk tomon engashdi va birdam termuldi. - Juda chiroyli! - Sevgilimday g`ozal uzuk... -dedim. U qo`lidagi ustarani mahkam siqimladi. - Nima deysan Ozodaga yoqarmikin? - Men... Men... Men qaydan bilay... - Ha sen qaydanam bilasan... Albatta yoqadi. Ertaga uni qo`liga taqaman, so`ng bir umurga yorim bo`ladi. Ha hammani menga havasi keladi. Chunki bo`lg`usi yorim hammadan go`zal, hammadan latofatli... -u esa jim qotib turardi, - Voy nega turibsan bo`laqo tez-tez... Ertaga Ozodani yoniga shu ahvolda boromiman-u... -dedim. Birdan Zarinani nafas olishi tezlashib ketdi. G`azablanganidan qoshlari tutashdi. Atayin unga parvo qilmaganday, Ozodani maqtashda davom etdi. - Ozoda chindan ham juda go`zal. To`g`rimi Zarina? Zarina qo`lidagi ustarani tig`ini, qaychiga ikki, uch bor ishqaladi va birdan sochimdan changallab ushladi. Tig`i o`tmaslashgan ustarani, bosib yuzimga ishqadi. Uni ko`zgu orqali kuzatib turgandim. Ko`zlari yoshga to`lgan, lablari pildirardi. Shuni uchun soqolimni qirish o`rniga yulib olayotgan, o`tmaslashgan tig` og`rig`iga ham g`ing demadim... Zarina ikki, uch bor ustara tortgach, uni polga uloqtirdiyu ingroq ovozdan yiglab eshikka otildi. Darvoza hatlab o`tgani hamoni tutib oldim. Tutdimu, qattiq bag`rimga bosdim... Avvaliga quchog`imdan chiqishga urundi, qo`yib yubormaganimdan keyin tinchib qoldi. Hiq-hiq yig`lardi. - Afsus... Afsus... Yodim muattar iforli gul bo`laturib, uzoqdan qizarib ko`ringan gulga maftun bo`libman... -asta quchog`imdan bo`shatdim. Burniga ohista barmog`imni teqqazdim. - Zarina seni sevaman... - ko`rsatkich barmog`imni labimga qo`ydim. - Tishshsh... Sevishimni senga aytmiman! -dedim kulib. U ham yig`lab, ham kulib yuzini kaftlari bilan berkitti. Bir tizzamni sal bukub unga uzukni tutdi. - Menga turmurmushga chiq zahar... - Jaska-maska... - Uyalma jonim, hechkim yo`qku! - Tishshsh... - yuzini yashirdi va jilmayib qo`lini uzatdi, - Ho`p... Uzukni ohista barmog`iga soldim va barmog`idan ohista o`pdim. - Qalay zaharcham ramantika o`xshadimi? - Himmm... -yuzimni qoplagan ko`pikni, barmog`i bilan sidirarkan, o`zicha kuldi. - Qoyillatdiz bunaqasi tarxda bo`magan, bo`lmasaham kerak... - O`zimni zaharcham... Asta quchoqladim. Yuzimdagh kupichni uning yuziga ham yuqtirdim. Quchog`imda hayajondan titrab turarkan, pas ovozda shivirladi: - Jasur aka, zaharmasmanu! - Bilaman sen meni QIRMIZI OLMAMSAN... - uyatdan qizab turgan yuzidan ohista o`pdim. - Qirmizi Olman... Uyalib o`zini nariga tortdi. Sharta bilagidan tutdim. - Ha aytgandek Zarina kelishvolaylik! - Nimani? - Menga tegvoganingdan keyin! - Nimaaa? - Uzur senga uylanvoganimdan key! -qoshimdagi shiramni ko`rsatdim. - Avvalgidek tosh bilan urmaysanmi? - Eee boring... Yugurib ichkariga kirib ketdi. - Hoy esar, sartaroshxonani yopmadin-ku? Gapimni eshitmadi. Eshtmasdi ham, u ham huddi mandek muhabbat sharobidan sarhush edi... Ey o`zimni QIRMIZI OLMAM, uy doyim yonimda bo`lgan ekan, men esa uni boshqa shohdan izlabman... TAMOM...