Новое порно всегда на твоём телефоне или планшете. Горы бесплатных новинок порадуют самого искушенного пользователя





.:Taqdir:. 2 qisim.

Sitora o`ychan bo`lib qolgandi. Ba`zida telifonini olib kimgadir qo`ng`iroq qilarjavob bo`lmagach ko`zi yoshlanib qizil tugmachani bosardi. Bora-bora bu odatini tashlab telifonini qo`liga olgancha termulib xayol rishga o`tib oldi. Ranglari siniq ozib qolgan, kamgap qizdan xushchaqchaq kirishimli betashvish Sitorani topolmay dugonalari xayron edi. Rostan Rustamni yaxshi ko`rarkanku o`yladi Laylo afslanib. Lekin shu zaxoti o`zgarib: yaxshi ko`rsa nega mendan yashiradi? Yeb qo`yarmidim! Menga ishonmagan mendan qizg`angan sirdosh dugona deb yurganiyam soxta til uchida ekan. Ajab qildim Rustam ham uni yurakdan sevmas ekan begona bir qizning gapiga ishonib, arazlab ketdi. Sevsa Sitoraning o`zidan so`ramaydimi? Axmoq, Sitora qayoqdagi yuragi puch yigitni deb menga ola qarab yuribdi. Gapirsa hammasini tushuntirib bermaymanmi! Shunday o`ylasada sevishganlar uning xasadi, yolg`oni sabab ayrilishib ketgani vijdonini tinmay og`ritardi. Yorilish darajasiga kelib ulgurgan kunlarning birida Sitora undan oldin yorildi. Yomg`irli kun edi. Sitora darsdan chiqib kutubxonaga o`tib ketdi. Bir o`g`iz yur demaganidan alami kelgan Laylo yotoqxonaga kelib ovqat xam qilmay yotib oldi.
-Sitora qani? Uydagilari kelibdi, pastda kutib turishibdi dedi qo`shni qizlardan biri xayron bo`lib. Sitora juda kechikib keldi.
-Namuncha, kech bo`lib ketdi-yu. Uyindagilar kelishgandi. Laylo kartoshka artib unga qaramay gapirdi.
-Ko`rdim. Sitora oyoq kiymini yechib xonasiga krib ketdi. Yostiqqa yuzini bosgach birdan qaddini tikladi: Laylo sen Rustamga nima degandig?
-Men. Nima debman? Layloni qo`lidan pichoq taraqlab stolga tushdi.
-Degansan-ku! Sitora alam g`azab aralash iltijo qildi. -Sobir degan bola bilan sevishadi deganmidig?
Laylo yerga qardi. Birdan yengil tortdi- aybi fosh bo`lgan, jazoga xozir edi go`yo. Shu bilan birga o`ylamay aytgan o`sha tuxmatining natijasini qo`rquv bilan kutardi.
-Aytibsan-da! Sitora unga qarab turib, yuzini yostiqqa bosti. Tinmay qaltirab yig`lardi. Tuxmat-ku tuxmat bu.. U ishongan.
-Meni kechir, Sitora. Men o`zim Rustamga aytaman hammasini, Laylo botinmaygina uning sochini siladi.
-Rustam? Sitora yana o`rnidan turdi. Xayrat bilan qarab turib istexzoli jilmaydi: -Men Rustamni yaxshi ko`ramanmi? Shunday o`yladingmi yoki o`zi aytdimi? Devorga yanib ko`zlarini bir nuqtaga qadaganicha yana gapida davom etdi: -Men Rustamning akasini yaxshi ko`raman. Unashtirishmoqchi edi, Laylo! Senga Rustam yoqib qolgan bo`lsa yashirma, yoqib qolgan-ku, atayin seni bo`lajak qaynukamga olib bermoqchidim ovsin bo`lishni dilimga tukkandim. Faqat bu niyatimni oshkor qilish uchun A`zam akam bilan unashtirilishimni kutib yurgandim. Xatto senga ham aytmagandim. Xali o`qish tugagani yo`q senga dugonamga Rustamdan boshqasi uchrab qolsa-chi, deb o`ylagandim. Yo`q, Rustam yomon yigit emas. Lekin ko`nglini tushunib bo`lmaydi, senga boshqa yigit yoqib qolsa, yoki u boshqa qizni sevib qolsa o`rtada dilxiralik bo`lmasin degandim. Tushunyapsanmi? A`zam akam xaqida nega gapirmadim? Uning uydagilari munosabatimizga qarshi edi. Bir kuni boshqaga uylantirib qo`yishsa, muhabbat men uchun yo`q tuyg`uga aylanardi. Yo`q narsa xaqida gapirib darsdan chalg`ib yurishimizni istamagandim. Dardimni faqat o`zim xazim qilmoqchi edim..
-Sitora xaliyam kech emas, men A`zam akang bilan gaplashib...
-A`zam akam! ..
Скачать txt | fb2